Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Imtihonga kelmagan talabgorlar uchun yangi tartib joriy etildi

Imtihonga kelmagan talabgorlar uchun yangi tartib joriy etildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok eta olmagan talabgorlarga oid yangi tartibni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga uzrli sabab bilan kela olmagan talabgorlar to‘lagan mablag‘ini qaytarib olishi yoki navbatdagi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi tartib kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila a’zosining vafoti kabi uzrli sabablarga nisbatan qo‘llanadi. Bunda talabgor mazkur holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Shu bilan birga, imtihonga uzrsiz kelmagan, belgilangan vaqtdan kechikkan yoki imtihon qoidalarini buzgani uchun auditoriyadan chetlashtirilgan talabgorlar ushbu imkoniyatdan foydalana olmaydi.

Mazkur yangilik milliy sertifikat imtihonlarida ishtirokchilarning uzrli holatlarini inobatga olish va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Kiritildi: 15:23 03.08.2026. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!