Ikki fransuz diplomati Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan "o‘ta jiddiy qo‘rqitish harakati"ga duchor bo‘ldi.
The Times of Israel nashrining xabar berishicha, bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bir kun oldin fransuz diplomatlari asossiz ravishda bir necha soat davomida hibsga olingan va so‘roq qilingan. Eron huquq-tartibot idoralari xodimlari ularga qo‘pol munosabatda bo‘lishgan va diplomatlardan biri hatto ularga jismoniy hujum qilgan. So‘roqdan so‘ng ular Fransiya elchixonasiga qaytishgan.
Barro bu voqeani "diplomatik daxlsizlikning qo‘pol buzilishi" deb atadi.