Yamanning "Ansar Alloh" (Hutiylar) harakati Saudiya Arabistoni kuchlariga qarshi ballistik raketalar va dronlar yordamida keng ko‘lamli harbiy operasiya o‘tkazganini e’lon qildi.
CNN telekanali bu haqda Hutiy vakili Yahyo Sariga tayanib xabar bermoqda.
"Bizning qurolli kuchlarimiz dushman qo‘shinlarining to‘planishiga qarshi keng ko‘lamli va aniq harbiy operasiya o‘tkazdi", deyiladi bayonotda.
Hutiylar bu operasiya Saudiya Arabistonining "ular nazorati ostidagi hududlar va Yaman xalqiga qarshi harbiy eskalasiya"ga tayyorgarlik ko‘rishiga javob bo‘lganini da’vo qilmoqda.
Biroq, harakat o‘z da’volari uchun dalillar keltirmadi. Saudiyaliklar hali hujumlarni tasdiqlamadi.