Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

HSBC Britaniyadagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

HSBC Britaniyadagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

AstraZeneca Plc global biofarmasevtika kompaniyasi aksiyalari dushanba kungi savdolarda 5,8 foizga tushib ketdi va bozor kapitallashuvi bo‘yicha Buyuk Britaniyaning eng yirik banki sifatida HSBCni ortda qoldirdi.

Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

AstraZenecaning bozor qiymati 154 milliard funt sterlingga (203 milliard dollar) tushdi, HSBC esa 4 foizga oshib, 156 milliard funt sterlingni tashkil qildi.

AstraZeneca aksiyalari AQSh prezidenti Donald Tramp resept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar narxini pasaytirishga qaratilgan farmonni imzolashini aytganidan keyin boshqa dori ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda tushib ketdi.

"Resept bo‘yicha dori vositalari va boshqa dori-darmonlar narxlari deyarli zudlik bilan 30-80 foizga pasaytiriladi", deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.

Ayni paytda, Yevropa banklari, jumladan, HSBC aksiyalari narxi AQSh va Xitoy 90 kunlik savdo tariflarini o‘zaro kamaytirishga kelishib olgani haqidagi xabardan so‘ng faol o‘sib bormoqda. Vashington aksariyat Xitoy tovarlariga bojlarni 30% gacha, Pekin Amerika tovarlariga bojlarni 10% gacha pasaytiradi.

Kiritildi: 17:08 12.05.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!