IIQK dengiz kuchlari bosqichma-bosqich o‘z faoliyatini kengaytirayotgani va xavfsizlik qoidalariga rioya qiluvchi kemalarga dengiz yo‘lagi orqali harakatlanishga ruxsat berayotganini bildirdi.
Bayonotda, shuningdek, «Hormuz bo‘g‘oziga xorijiy davlatlarning aralashuviga o‘rin yo‘q»ligi ta’kidlanib, AQShning bu hududdagi har qanday harakati keskin javobga sabab bo‘lishi va bo‘g‘ozni bosqichma-bosqich ochish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Hormuz bo‘g‘ozida bir nechta kemaga zarba berganidan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi sulh tugaganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng AQSh Eronga qarshi yangi hujumlar uyushtirgan, Anqaradagi NATO sammitida esa Tramp Tehronni Eron portlarini qayta blokada qilish bilan tahdid qilgan edi.