Assam shtatining shimoli-sharqiy qismida tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irlar oqibatida 170 mingdan ortiq odam suv toshqinlaridan jabr ko‘rdi.
Bu haqda shtatning Tabiiy ofatlar boshqaruvi boshqarmasi bayonot berdi.
Eng jiddiy vaziyat Assamning sharqiy tumanlarida kuzatilmoqda, u yerda dushanba kuni ertalab beshta daryo xavfli darajadan yuqori bo‘lgan. Tabiiy ofat 12 ta tumandagi 580 ta qishloqda 170 327 kishiga ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi kunlarda shtatning bir nechta tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi, bitta tumanda 24 soat ichida 197 mm gacha yomg‘ir yog‘di.
Ta’sirlangan hududlarda Milliy tabiiy ofatlar bo‘yicha javob berish kuchlari bo‘linmalari ishtirokida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Assam bosh vaziri Himanta Bisva Sarma shtat hukumati Hindiston armiyasi va havo kuchlaridan vaziyat yomonlashsa, evakuasiya qilishda yordam berishni so‘raganini aytdi.
Ilgari Hindistondagi suv toshqinlari oqibatlari tufayli 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.