Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunida «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkin.
«Touchline» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Manchester klubidagi faoliyati yakunlangach, ispaniyalik mutaxassisning bitta orzusi qoladi — u ham bo‘lsa Jahon chempionatida g‘alaba qozonish. Gvardiola aynan bir aniq terma jamoani boshqarishni maqsad qilmagan. U xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘la oladigan istalgan kuchli terma jamoa bilan ishlashni xohlaydi.
Xosep Gvardiola 2016 yildan beri «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «shaharliklar» 18 ta sovrinni qo‘lga kiritishdi, ular orasida oltita Angliya chempionligi va Chempionlar ligasi g‘olibligi bor. Ispaniyalik mutaxassisning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning kelajagi borasidagi mish-mishlar tinmayapti.