Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaga bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik futbolchi hozirda Italiyada jarohatini davolayotgan Jaloliddin Masharipovning holidan xabar olish maqsadida ushbu safarni amalga oshirgan.
“Eldor meni ko‘rgani kelibdi. Bu mavsum Turkiyada to‘purar bo‘lishini tilab, duo qilib qo‘ydim”, — deb yozdi Masharipov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Eldor 16 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.