"Al-Hilol"ning fransuz hujumchisi Karim Benzema yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘yinning tanaffus paytida murabbiy bilan aytishib qoldi. Bu haqda "Ball Zone" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Benzemaning kelishi "Al-Hilol" kiyinish xonasida keskinlikni keltirib chiqargan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim futbolchilar klubning fransuz bilan shartnoma imzolash qaroridan allaqachon afsuslanishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Benzema qishki transfer oynasida "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga o‘tib, bir yarim mavsumga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan edi. Yangi jamoa tarkibida hujumchi uchta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Al-Hilol" "Al-Ittihod"ga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi (1:1) va Pro-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib ketdi.