Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Gvardiola nega Husanov "Nyukasl"ga qarshi o‘yin tanaffusida maydonga tushirilganini izohladi

Gvardiola nega Husanov "Nyukasl"ga qarshi o‘yin tanaffusida maydonga tushirilganini izohladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda Ruben Diash o‘rniga Abduqodir Husanovni tushirish borasidagi qaroriga izoh berdi.

«Ruben Diashni almashtirish va Husanovni tushirish taktik qaror edi. Birinchi bo‘limdan so‘ng biz ma’lum o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz kerak edi», — dedi mutaxassis o‘yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi va ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi. Uchrashuv «Manchester Siti»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Abduqodir Husanov jamoasi navbatdagi o‘yinini 28 fevral kuni safarda «Lids»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:48 23.02.2026. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!