Bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar boshqa davlatlarda ham joriy etilmoqda:
▪️ 🇹🇷 Turkiya — 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun taqiq noyabr oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.
▪️🇸🇰 Slovakiya — 16 yoshgacha bo‘lganlarga taqiq 2027 yildan joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
▪️🇩🇰🇪🇸🇰🇷🇬🇧🇳🇿🇨🇦 Daniya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya va Kanada ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash rejalarini e’lon qilgan.
Bolalarni internetda himoya qilish masalasi tobora ko‘proq davlatlar kun tartibiga chiqmoqda.