Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Grenlandiyani anneksiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi AQSh Kongressi quyi palatasiga kiritildi

Grenlandiyani anneksiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi AQSh Kongressi quyi palatasiga kiritildi

AQSh Kongressi quyi palatasi a’zosi, Floridadan respublikachi Rendi Fayn Vashington tomonidan Grenlandiyani anneksiya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim qildi.

Bu haqda Faynning saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

Qonun loyihasiga ko‘ra, AQSh prezidenti «kerakli choralarni ko‘rish, jumladan Daniya Qiroli bilan muzokaralar olib borish orqali Grenlandiyani anneksiya qilish yoki uni boshqa yo‘l bilan AQSh hududi sifatida birlashtirish» huquqiga ega bo‘ladi. Keyinchalik, Grenlandiya AQSh shtati hisoblanadi.

Rendi Fayn fikriga ko‘ra, tashabbus AQShning Arktikadagi milliy manfaatlarini himoya qilish va Xitoy hamda Rossiya tomonidan o‘sib borayotgan tahdidlarga qarshi turishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!