Politiken nashrining yozishicha, Grenlandiyaliklar orolda AQSh harbiy ishtirokining kengayishi natijasida amerikalik harbiylar ularni "uylaridan haydab chiqarishidan" qo‘rqishmoqda.
Bu xavotirlar Vashingtonning harbiy infratuzilmani ehtimoliy kengaytirish va Grenlandiya janubidagi Narsarsuak qishlog‘idagi baza faoliyatini qayta tiklash rejalari bilan bog‘liq.
"Uyimni tark etishga majbur bo‘lishim mumkinligi haqidagi o‘y menga ulkan qayg‘u olib kelmoqda", – deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Narsarsuakdan sovuq urush davrida ham AQSh harbiylari foydalangan. Endilikda mahalliy aholi yirik bazaning qaytishi bilan ularning manfaatlari yana ikkinchi planga o‘tib qolishidan xavfsiramoqda, deyiladi xabarda.