Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada muzeydan 2,5 ming yillik noyob oltin kelt taqinchog‘i o‘g‘irlab ketildi

Fransiyada muzeydan 2,5 ming yillik noyob oltin kelt taqinchog‘i o‘g‘irlab ketildi

Bu haqda The Art Newspaper nashri xabar berdi.

Shatiyon shahridagi muzeyga kirgan ikki nafar erkak tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida vitrinani sindirib, og‘irligi taxminan 450 gramm bo‘lgan noyob oltin marjonni olib qochgan.

Shuningdek, jinoyatchilar muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan boshqa qimmatbaho buyumlarni ham o‘g‘irlab ketishgan.

Jinoyatchilar Tarn, Kot-d’Or va Quyi Reyn departamentlaridagi uchta muzeyni talon-taroj qilishgan.

Ushbu artefakt 1953 yilda "Viks xonimi" nomi bilan tanilgan kelt malikasining qabridan topilgan.

Kiritildi: 14:02 30.07.2026. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!