Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiya AQShga tegishli bo‘lgan ZOOM videokonferensiyadan voz kechmoqchi

Fransiya AQShga tegishli bo‘lgan ZOOM videokonferensiyadan voz kechmoqchi

Fransiya 2027 yilga kelib Amerika videokonferensiya xizmatlarini bosqichma-bosqich to‘xtatib, ularning o‘rniga o‘zining Visio ilovasini qo‘llashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Davlat xizmati vaziri David Amyel La Tribune Dimanche nashriga shunday dedi.

"Biz Teams yoki Zoom kabi dasturlarga qaram bo‘lib qoldik. Muzokaralarimiz xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlash uchun milliy darajada bu zararli odatdan xalos bo‘lishimiz kerak. Shuning uchun, 2027 yilga kelib, biz Visio videokonferensiya yechimini butun Fransiya ma’muriyati bo‘ylab joriy etamiz", dedi rasmiy.

Amyelning so‘zlariga ko‘ra, Visio "100% Fransiya ishlanmasi". Xizmat Vazirliklararo Raqamli Agentlik (DINUM) tomonidan ishlab chiqilgan. Siyosatchining ta’kidlashicha, dastur Fransiya hukumatiga xorijiy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalarni yangilash uchun ajratilgan "millionlab yevro"ni tejashga yordam beradi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, taxminan 40 000 kishi allaqachon fransuz xizmatini sinab ko‘rgan. Rasmiy dastur suhbatning matnli transkriptini tezda olish imkonini beruvchi algoritmdan foydalanishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 07:45. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!