Finlyandiya Rossiya bilan sharqiy chegarasi bo‘ylab 200 kilometr uzunlikdagi devor qurishni yakunladi.
Ichki ishlar vaziri Mari Rantanen bu haqda Nuiyamaa chegarasi yaqinida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi Yle nashri.
Finlyandiya rasmiylari devor qurilishini 2022 yil oktyabr oyida ma’qullagan. Qurilish ishlari 2023 yil aprel oyida mamlakatning janubi-sharqida, Imatra shahri yaqinida boshlangan.
Rantanen devor qurilishiga Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Yevropadagi xavfsizlik holati sabab bo‘lganini ta’kidladi.
"Menimcha, qachondir biz bunday mablag‘larga ko‘proq ehtiyoj bor-yo‘qligini baholaymiz. Xususan, biz sharqiy a’zo davlatlar uchun Yevropa Ittifoqining mablag‘lariga muhtojmiz, shunda biz bunday loyihalarni moliyalashtira olamiz", dedi Rantanen xonim.
Finlyandiya NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Rossiya bilan eng uzun chegaraga ega bo‘lib, uning hajmi 1300 kilometrdan oshadi.
Hozirda o‘rnatilgan devor butun chegaraning atigi 15 foizini qoplaydi.