FIFA AQSh terma jamoasi futbolchisi Balogunning diskvalifikasiyasini bekor qilish qarori ustidan Belgiyaning apellyasiyasini rad etdi — tashkilot matbuot xizmati.
"So‘rov Belgiya Qirollik futbol assosiasiyasi mazkur jarayonning bevosita ishtirokchisi emasligi va shu sababli ushbu qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega emasligi asosida qabul qilinishi mumkin emas deb topildi", deyiladi FIFA bayonotida.
7 iyul kuni AQSh Jahon chempionatining 1/8 finalida Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.