Farg‘ona shahrida sayyohlik firmasining norasmiy xodimi 2 nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborish evaziga 2 500 dollar talab qilib, 2 450 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborishni va’da qilib, 4 300 dollar olgan shaxs otasi bilan birga qo‘lga olindi.
Har ikki holat yuzasidan tegishli tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.