Bugun 3 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi

Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi

Hukumat qarori (406-son, 24.07.2026 y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

📜 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi:

➡️ respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik ob’ektlarga 3 kunlik sayohat;

➡️ viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik ob’ektlarga 2 kunlik sayohat.

🕓 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar
tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi.

🤑 Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi:

✅ transport xizmati;
✅ yashash va ovqatlantirish;
✅ ekskursiyalar (gid xizmati va turizm ob’ektlariga kirish chiptasi);
✅ sayohat sug‘urtasi.

Kiritildi: 14:25 27.07.2026. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!