Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli ayol Moskvada harbiyning xizmat avtomobiliga portlovchi qurilma o‘rnatishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.
Tergovdagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Turkiya va Moldova orqali Ukrainaga borib, u yerda topshiriq bo‘yicha yo‘riqnoma olgan, shundan so‘ng Rossiyaga qaytgan.