Evropada qish sovuq kelsa, gaz narxi eng yuqori talab davrida ming kub metr uchun 2500 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.
Bu haqda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, oktyabr oyidayoq Yevropada gaz narxi ming kub metr uchun 1200 dollardan oshgan. G‘arb ekspertlari esa bunday narx qishki iste’molning eng yuqori davrida kuzatilishini prognoz qilgan edi.
Miller Yevropa davlatlarida yerosti gaz omborlarini to‘ldirish sur’ati pastligini ham qayd etdi.
Xususan, Yevropaning eng yirik gaz iste’molchisi Germaniyada omborlar atigi 61,6 foizga to‘ldirilgan.