Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa tranzit gazi Rossiyaniki emasligiga ishonch hosil qilish uchun Turkiyadan uning kelib chiqish sertifikatlarini so‘radi

Evropa tranzit gazi Rossiyaniki emasligiga ishonch hosil qilish uchun Turkiyadan uning kelib chiqish sertifikatlarini so‘radi

​Bu haqda Turkiya energetika vaziri Alparslan Bayraktar "AHaber" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi:

"Evropalik hamkasblarimiz oldimizga kelib, Turkiya orqali Rossiyanikidan tashqari har qanday gazni olmoqchi ekanliklarini aytishmoqda. Quvurga tushayotgan gazning kelib chiqishi noma’lum. Ammo agar bu gaz savdo predmetiga aylansa va bitim huquqiy rasmiylashtirilsa, biz uning qaysi mamlakatdan chiqqanini hujjatli ravishda tasdiqlashga majburmiz".

​EI 2027 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya suyultirilgan tabiiy gazidan , 2027 yil 30 sentyabrdan esa quvur orqali yetkaziladigan gazidan to‘liq voz kechishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 14:12 07.08.2026. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!