Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi O‘rta koridorga 12 mlrd yevro investisiya jalb qiladi

Evropa Ittifoqi O‘rta koridorga 12 mlrd yevro investisiya jalb qiladi

Evropa Ittifoqi Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoni Yevropa bozori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lashi kerak bo‘lgan O‘rta koridorni rivojlantirish uchun 12 milliard yevrogacha investisiya jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqidagi vaziyat haqidagi nutqi davomida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiya nefti va gaziga qaramlikdan qat’iy ravishda voz kechmoqda.

Evropa Komissiyasi rahbari YEI ushbu loyihaga 12 milliard yevrogacha davlat va xususiy investisiyalarni jalb qilish uchun Global Gateway tashabbusidan foydalanish niyatida ekanini ta’kidladi.

«Bizning maqsadimiz — yo‘nalishlarni diversifikasiya qilish, savdo oqimlarini uch barobar oshirish va 2030 yilga qadar yuklarni tranzit qilish vaqtini keskin qisqartirish», — dedi u.

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi urush va Hurmuz bo‘g‘ozining yopilishi natijasida neft narxlarining oshishi Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun qariyb 90 milliard yevro miqdorida iqtisodiy oqibatlarga olib kelgan.

Shuningdek, Ursula fon der Lyayen Bolgariya bosh vaziri Radev bilan birgalikda transport va mintaqaviy bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy sammit o‘tkazilishini e’lon qildi. Yevropa Komissiyasi rahbarining aytishicha, sammit loyihani amaliy voqelikka aylantirishga qaratilgan bo‘ladi.

Kiritildi: 09:20 17.09.2026. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!