Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ertadan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi

Ertadan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi

Qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich — 20 iyundan 31 iyulgacha arizalar bolalarning biriktirilgan mikrohududi doirasida qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqich — mikrohududdan tashqaridagi qabul maktablarning bo‘sh o‘rinlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Ota-onalar «my.maktab.uz» platformasi orqali yashash manzilini kiritib, farzandi qaysi maktabga biriktirilganini aniqlashi mumkin. Ariza topshirish jarayonida yashash manzili haqidagi ma’lumotlar kadastr va Ichki ishlar vazirligi bazalaridan avtomatik ravishda olinadi, bu esa tegishli mikrohududdagi maktabga arizani xatosiz yuborish imkonini beradi.

Kiritildi: 13:35 19.06.2026. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik