Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron urushi fonida AQShda yoqilg‘i narxlari keskin oshdi

Eron urushi fonida AQShda yoqilg‘i narxlari keskin oshdi

Eron urushi fonida AQShda benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari keskin oshib, haydovchilar va biznes xarajatlariga bosim kuchaymoqda.

CBS News ma’lumotiga ko‘ra, AQShda benzinning o‘rtacha narxi bir kechada 7 sentga oshib, bir galloni 4,44 dollarga yetgan. Bu fevral oyida Eron bilan urush boshlanganidan oldingi ko‘rsatkichdan qariyb 50 foiz yuqori.

Dizel yoqilg‘isi narxi esa sentyabr boshidan buyon 77 sentga oshib, bir galloni 6,40 dollarga yetgan.

Mutaxassislar dizel narxining o‘sishi yuk tashish, qurilish va qishloq xo‘jaligi xarajatlarini oshirib, mamlakatda inflyasiya kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Shuningdek, AQShning shimoli-sharqiy hududlarida qish mavsumida uylarni isitish xarajatlari ham oshishi mumkin. Bu hududda qariyb 4 million xonadon isitish moyidan foydalanadi.

Kiritildi: 18:41 18.09.2026. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!