Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron terma jamoasi futbolchilari va murabbiyi Avstraliyadan boshpana so‘radi

Eron terma jamoasi futbolchilari va murabbiyi Avstraliyadan boshpana so‘radi

Jamoa seshanba kuni mehmonxonani tark etib, vatanga uchish uchun aeroportga yo‘l olishi kerak edi, ammo hozirgi paytda ular Avstraliyadan chiqish imkoniga ega emas. CNN sport jurnalisti Raxa Purbaxshning ma’lum qilishicha, eronlik sportchilar va terma jamoa xodimlari hali ham Avstraliyada qolmoqda.

Purbaxshning so‘zlariga ko‘ra, yana ikki kishi — futbolchi va Eron terma jamoasi murabbiyi ham Avstraliyaga boshpana so‘rab murojaat qilgan.

Avvalroq Eron terma jamoasining besh nafar futbolchisi boshpana so‘ragan va Avstraliya hukumati ularga gumanitar vizalar bergan edi.

Ma’lumot uchun, Eron terma jamoa ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogidagi o‘yinlardan biri oldidan mamlakat madhiyasini ijro etishdan bosh tortdi. Bu holatdan so‘ng futbolchilar Eronda ta’qib qilinishi mumkinligidan qo‘rqib, boshpana so‘rashga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 15:30. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!