31 yoshli futbolchi Nikolay Komlichenkoga uchrashuvdan so‘ng sahnada pomidorlar topshirildi. Bu kutilmagan lahza Okko orqali jonli efirda ham namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrida "Rostov" sharafini himoya qilayotgan paytida Komlichenko do‘konlardagi o‘zbek pomidorlari narxi juda baland ekani, bu holat uni hayratga solayotganini aytgan edi.
O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida hujumchi o‘zini ko‘rsata oldi — u 70- va 75-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi va jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Rossiya terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini 17 noyabr kuni Krasnodar shahrida Venesuelaga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.