Eronning Isroilning Livanga hujumlariga oid pozisiyasi o‘zgarmaydi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bu haqda Tehronda Livan parlamenti raisi Nabih Berri bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Arag‘chi Livan xalqining Isroil hujumlari va davom etayotgan tahdidlarga qarshi chidamliligini yuqori baholadi.
Berri, o‘z navbatida, Eronga Livanning hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetini qo‘llab-quvvatlashdagi prinsipial pozisiyasi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.