«Do‘st Ispaniya xalqi va hukumatining quvonchi — Eron xalqi va hukumatining ham quvonchidir»,
— deb yozdi davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlarda.
Bundan tashqari, bugun Eron TIV rasmiy vakili ham Ispaniyani tabriklab, Madridning «tajovuz, genosid va adolatsizlikka qarshi turishdagi» pozisiyasini alohida e’tirof etdi.
Bu do‘stona bayonotlar Ispaniya hukumatining G‘azo sektorida Isroil harakatlariga nisbatan tutgan pozisiyasi bilan bog‘liq. Madrid bir necha bor Isroil hukumatini tanqid qilgan va G‘azodagi harbiy harakatlarni «genosid» deb atagan.