Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
5 iyul kuni Tehronda oyatulloh Ali Xominaiyning janoza namozi o‘qilishi rejalashtirilgan. Vidolashuv marosimi esa Eronning beshta shahrida bo‘lib o‘tadi va 9 iyulgacha davom etadi. Hozirgacha Eronning amaldagi oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy otasi bilan vidolashuv marosimlarida ko‘rinish bermagan.
Avvalroq Ali Xominaiyning dafn marosimini tashkil etish qo‘mitasi rahbari Akbar Purjamshidiyon marosimda Mujtabo Xominaiyning ishtirok etishi uning vakolatiga kirmasligini aytgandi. Shunga qaramay, Xominaiyning ko‘plab tarafdorlari uni dafn marosimida ko‘rishga umid qilgan.
Biroq Isroilning uni o‘ldirish yoki u yashayotgan joyni aniqlashtirishga bo‘lgan urinishlari tufayli Mujtabo Xominaiyning marosimda ishtirok etishi ehtimolini judayam past. Bu oliy rahnamo atrofidagilarining rejalari bilan tanish bo‘lgan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ikki xodimi anonimlik sharti bilan The New York Times'ga ma’lum qildi.
Manbalar, shuningdek, Eronni amaldagi oliy rahnamosi otasining dafn marosimini hech bo‘lmaganda ba’zi qismlarida ishtirok etish istagini bildirganini aytdi. U 9 iyul kuni Mashhad shahridagi imom Rizo ziyoratgohida rejalashtirilgan dafn marosimida ishtirok etishni va otasining haqiga duo o‘qishni xohlagan.
AQSh va Isroilning 28 fevral kuni Eronga qilgan aviahujumlarida oyatulloh Ali Xominaiy halok bo‘lgandi. 1 mart kuni Eron hukumati uning o‘ldirilgani rasman tasdiqlagan edi.