Eron AQSh bilan muzokaralar bo‘yicha qarorni Vashington Tehron shartlariga rozi bo‘lganidan keyin qabul qiladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Tehron hozircha Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Muloqot vositachilar orqali davom etmoqda.
"Eron muzlatilgan aktivlarini qaytarish, neft sohasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish va Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi harbiy kuchlari sonini qisqartirishni talab qilmoqda", — dedi Eron TIV rahbari.
Shu bilan birga, Aroqchi AQSh vise-prezidentining Eron rahbariyatiga yo‘llagan maktubini ijobiy qadam deb baholadi.