732/731-sonli Toshkent–Andijon–Toshkent yo‘lovchi poyezdi tarkibi almashtiriladi. Yangi elektropoyezd beshta ekonom toifadagi vagondan iborat bo‘lib, 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
21 oktyabrdan Toshkent–Yo‘lovchi vokzalidan soat 18:40 da jo‘nab, Andijon-1 vokzaliga 23:12 da yetib boradi. Qaytish qatnovi 22 oktyabrdan Andijondan 07:20 da yo‘lga chiqib, Toshkentga 12:12 da yetib keladi. Qatnovlar amaldagi harakatlanish kunlarida bajariladi.
Haftalik texnik ko‘rik sabab 26 oktyabrdan har dushanba kuni 730/729-sonli Toshkent–Andijon–Toshkent qatnovi bekor qilinadi.
Shuningdek, 21–27 oktyabr kunlaridan Andijonni Toshkent, Xiva/Urganch, Termiz va Qo‘ng‘irot bilan bog‘lovchi ayrim poyezdlar hamda mahalliy qatnovlar jadvali o‘zgaradi. Yo‘lovchilarga safar oldidan jo‘nash vaqtini aniqlashtirish tavsiya etilmoqda.