Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Endi Byornem Buyuk Britaniyaga kelgan Zelenskiy bilan HMS Queen Elizabeth aviatashuvchi kemasida uchrashdi

Endi Byornem Buyuk Britaniyaga kelgan Zelenskiy bilan HMS Queen Elizabeth aviatashuvchi kemasida uchrashdi

"Vladimir, siz men lavozimga kirishganimdan so‘ng shaxsan qabul qilayotgan birinchi xorijiy davlat yetakchisi hisoblanasiz va bu tasodif emas. Bu juda aniq ishora: biz 100 foiz Ukraina bilanmiz, shaxsan men 100 foiz siz bilanman va mamlakatimiz Ukraina oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarga to‘liq amal qilaman", — dedi Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Ukraina prezidentiga.

Vladimir Zelenskiy delegasiyalar Ukrainani osmonda va dengizda himoya qilish choralari, shuningdek, qo‘shma harbiy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalarini muhokama qilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukrainaga radioyelektron kurash texnologiyasi topshirilgani uchun Buyuk Britaniyaga minnatdorlik bildirdi.

Ukrainaning dronlarni aniqlashdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan Stone Cloak tizimiga lisenziya olishi haqida avvalroq Britaniya matbuoti hukumatga tayangan holda xabar bergan edi, keyinroq esa buni shaxsan bosh vazir Endi Byornemning o‘zi rasman e’lon qildi.

Kiritildi: 12:15 28.07.2026. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!