Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Kuni kecha davlat rahbarlari tor doirada muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar, qo‘shma loyihalarga start berdilar. Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Bugun sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Kiritildi: 20:52 27.03.2026. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!