Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dronlar hujumiga uchragan turk kemasining ekipaji Rossiyaga evakuasiya qilindi

Dronlar hujumiga uchragan turk kemasining ekipaji Rossiyaga evakuasiya qilindi

Qora dengizda dronlar hujumiga uchragan turk kemasi "Nadezhda" ekipaji Rossiyaning Novorossiysk portiga evakuasiya qilindi.

TRT Haber Turkiya Transport va infratuzilma vazirligiga tayanib xabar berishicha, Dengiz transporti bosh boshqarmasi bu haqda ma’lum qildi.

Departament kemada 22 ekipaj a’zosi bo‘lganini, ulardan 13 nafari Turkiya fuqarolari ekanligini ta’kidladi.

"Ekipaj a’zolari Rossiya dengiz kuchlari tomonidan Novorossiysk portiga xavfsiz tarzda evakuasiya qilingani haqida xabar berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch ekipaj a’zosining ahvoli og‘ir. Kemada yong‘in davom etmoqda va hududda dron hujumlari xavfi davom etayotgani sababli qutqaruv operasiyasini o‘tkazish imkonsiz. Vaziyat kuzatilmoqda", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 10:20 04.08.2026. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!