Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "H.B." xususiy korxonasi rahbari M.U. dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana realizasiya qilish faoliyati uchun berilgan lisenziyasi sud qarori bilan bekor qilingan bo‘lsa-da, 2,4 mlrd so‘mlik dori vositalarini realizasiya qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.