Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Doktorantlar dissertasiyani vaqtida himoya qilsa, ilmiy rahbarlarga 35 million so‘mgacha mukofot beriladi

Doktorantlar dissertasiyani vaqtida himoya qilsa, ilmiy rahbarlarga 35 million so‘mgacha mukofot beriladi

O‘zbekistonda ilmiy faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi tartib joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, doktorant o‘z dissertasiyasini belgilangan muddatda muvaffaqiyatli himoya qilgan taqdirda, uning ilmiy rahbariga pul mukofoti to‘lanadi.

Mukofot miqdori dissertasiya turiga qarab 40 yoki 80 barobar bazaviy hisoblash miqdori (BHM) etib belgilangan. Bu esa amalda 15 million so‘mdan 35 million so‘mgacha mablag‘ni tashkil etadi.

Mazkur chora ilmiy rahbarlarning mas’uliyatini oshirish, doktorantlarni sifatli tayyorlash va ilmiy darajalarni o‘z vaqtida himoya qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Mutaxassislar fikricha, yangi mexanizm mamlakatda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!