Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp va Netanyaxu Eron borasida qattiq tortishib qoldi— Ynet

Tramp va Netanyaxu Eron borasida qattiq tortishib qoldi— Ynet



Isroilning Ynet nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, o‘tgan dam olish kunlarida bo‘lib o‘tgan suhbat juda keskin kechgan.

Manbalardan biri suhbatni «juda qattiq va baland ovozdagi janjal» deb ta’riflagan.

Biroq Netanyaxu devoni bu xabarni qat’iyan rad etib, «to‘liq safsata va yolg‘on» deb atagan.

Isroillik yuqori martabali amaldor ham Tramp va Netanyaxu o‘rtasida suhbat bo‘lganini tasdiqlagan, ammo muloqot odatdagidek o‘tganini va keskin bo‘lmaganini aytgan.

Kiritildi: Bugun 18:18. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik