AFP ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev bu talabni xavfsizlik kafolatlari doirasida ilgari surgan. Maqsad — Rossiya tomonidan ehtimoliy yangi hujumning oldini olish.
Masala Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi Abu-Dabi muzokaralarida muhokama qilinmoqda.
Rossiya delegasiyasiga ko‘ra, uchrashuvlarning asosiy maqsadi — Kiyev va Moskva manfaatlarini hisobga olgan holda Evropadagi xavfsizlik tizimini qayta ko‘rib chiqish.
Trampning maxsus vakili Jared Kushner esa Vashington uzoq muddatli tinchlikni ta’minlay oladigan yangi xavfsizlik arxitekturasini yaratishga umid qilayotganini aytdi.