Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Finlyandiya prezidenti Putin bilan suhbatni ijobiy baholadi

Finlyandiya prezidenti Putin bilan suhbatni ijobiy baholadi



Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbati haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Putin suhbat davomida mulohazali, tahliliy fikrlaydigan, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va bosiq bo‘lgan.

Stubb bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga bergan intervyusida gapirdi. U Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore ishtirokidagi telefon suhbatini "yaxshi va ochiq muloqot" deb atadi.

"Muzokaralarda ishtirok etishni istasak, chetda turib, sukut saqlay olmaymiz. Aksincha, Rossiya vakillari bilan bevosita gaplashishimiz kerak", — dedi Finlyandiya prezidenti.

Shu bilan birga, Stubb Abu-Dabidagi muzokaralardan katta natija kutmayotganini aytdi. U yaqin orada kelishuvga erishilishi yoki Donald Tramp, Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyning uchrashishiga ishonmaydi. Uning fikricha, muzokaralarning yaxshi natijasi texnik darajadagi keyingi uchrashuvni kelishib olish bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Norvegiya bosh vaziri Styore Putin bilan suhbatdan maqsadlardan biri uning ruhiy holatini baholash bo‘lganini aytgandi. U ham suhbat davomida Rossiya prezidentini "rasional" va "professional" deb ta’riflagan.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik