Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dembele «Oltin to‘p» uchun asosiy uch da’vogarni aytdi

Dembele «Oltin to‘p» uchun asosiy uch da’vogarni aytdi

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlarni sanab o‘tdi. Fransiyalik futbolchi ayni paytda ushbu nufuzli shaxsiy sovrinning amaldagi sohibi hisoblanadi.

«Mening kuchli uchligim? Kvarasxeliya, juda yaxshi mavsum o‘tkazgan Xarri Keyn va, menimcha, Kilian Mbappe.

O‘zimmi? Yo‘q, men hech qachon o‘zimni ro‘yxatga kiritmayman. Maykl Olise ham nomzodlar orasida bo‘lishi mumkin. U ajoyib mavsum o‘tkazdi va Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Yamal, Ruis va Pacho ham «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilishi mumkin», — dedi Dembele France Football bilan suhbatda.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:49 08.09.2026. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!