Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Daniyalik mashhur aktyor Melvin Kakuza O‘zbekistonga kelmoqchiligini aytdi

Daniyalik mashhur aktyor Melvin Kakuza O‘zbekistonga kelmoqchiligini aytdi

Daniyada o‘tkazilgan “Danish Travel Show – Ferie For Alle 2026” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari stendi ham namoyish etildi.

O‘zbekiston vakillari taqdim etgan mahsulotlar skandinaviyalik va boshqa xorijiy ishtirokchilar, jumladan taniqli aktyor va madaniyat arboblari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, daniyalik mashhur aktyor, shoumen va teleboshlovchi Melvin Kakuza (Melvin Kakooza) O‘zbekiston pavilyoniga tashrif buyurib, mamlakatimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi. U pavilyonda namoyish etilgan foto va video materiallar, tarixiy yodgorliklar tasvirlari hamda milliy hunarmandchilik buyumlariga alohida qiziqish bildirdi.

Kiritildi: 22:18 25.02.2026. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!