Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Damashqdagi portlashlar oqibatida 18 kishi jarohatlandi

Damashqdagi portlashlar oqibatida 18 kishi jarohatlandi

Damashqdagi portlashlar oqibatida kamida 18 kishi jarohatlandi, ulardan to‘rt nafari polisiya xodimlaridir.

Bu haqda Suriya OAVlari mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ikkala portlovchi qurilma ham qo‘lbola usulda yasalgan bo‘lib, birinchisi yo‘l chetidagi avtomobilga, ikkinchisi esa chiqindi konteyneriga o‘rnatilgan. Portlash sodir bo‘lgan joy Fransiya prezidenti qarorgohining qo‘riqlanadigan hududidan tashqarida joylashgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi.

«Ichki xavfsizlik kuchlari fuqarolarni himoya qilish maqsadida ob’ekt atrofida xavfsizlik to‘siqlarini o‘rnatdi, ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar esa hududni ko‘zdan kechirish va xavfsizlikni ta’minlash ishlarini boshlab yubordi», — deyiladi mamlakat IIV xabarida.

Kiritildi: 14:48 07.07.2026. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!