Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Chiroqchida YPX xodimi videosini Instagram’ga joylagan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

Chiroqchida YPX xodimi videosini Instagram’ga joylagan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida YPX inspektori ishtirokidagi videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan haydovchiga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 5 oktyabr kuni Chiroqchi dehqon bozori oldida sodir bo‘lgan. Shu kuni yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan reyd jarayonida haydovchi to‘xtatilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Haydovchi inspektor bilan bo‘lgan muloqotni videoga olgan va keyinchalik uni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud haydovchini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi.

Mazkur modda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto yoki videotasvirini ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Sud qarori bilan haydovchiga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sud jarayonida fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Qashqadaryo viloyati YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqarolarni masala yuzasidan belgilangan qonuniy tartibda murojaat qilishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 15:29. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!