Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi

Chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi

Hukumat qarori bilan oliy ta’limga qabul qilish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Hujjatga muvofiq, chet tili fani fanlar majmuasida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda sertifikat darajasiga qarab quyidagicha ball beriladi:

B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga — ushbu fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi.

B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga — ushbu fan bo‘yicha belgilangan maksimal ball beriladi.

Shu bilan birga, ilgari fanlar majmuasida chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga qabul kamida B2 darajadagi sertifikat talab qilingan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!