Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniyadagi aviaqatnovlar bilan bog‘liq nosozlik tufayli Olmaotadan Londonga uchgan samolyot Frankfurtga yo‘naltirildi

Buyuk Britaniyadagi aviaqatnovlar bilan bog‘liq nosozlik tufayli Olmaotadan Londonga uchgan samolyot Frankfurtga yo‘naltirildi

Buyuk Britaniyada havo harakatini boshqarish tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli Olmaotadan Londonga uchgan «Eyr Astana» aviakompaniyasining samolyoti Germaniyaning Frankfurt shahriga qo‘ndi.

Aviakompaniya ma’lum qilishicha, samolyot bortida 138 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Texnik nosozlik Londonning Xitrou aeroporti faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatgani sababli parvoz boshqa yo‘nalishga burilgan.

«Eyr Astana» ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi reysni bekor qilishga majbur bo‘lgan. KC663 reysining jo‘nab ketishi vaqtincha soat 11:30 ga, Qozog‘iston vaqti bilan 16:30 ga ko‘chirilgan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 67 nafar yo‘lovchida amaldagi Shengen vizasi mavjud emas. Shu sababli ular Frankfurt aeroportining tranzit hududida qolishi kerak. Parvozni kutayotgan barcha yo‘lovchilarga ovqat va alkogolsiz ichimliklar uchun vaucherlar berilgan.

Shengen vizasiga ega yo‘lovchilarni mehmonxonalarga joylashtirish ishlarini yer usti xizmatlari va aviakompaniya vakillari tashkil qilmoqda. Bunday yo‘lovchilarga aeroportdan chiqib, shaharga kirish imkoniyati berilgan.

Bi-bi-si xabar berishicha, Buyuk Britaniyada aviadispetcherlar uchun parvoz rejalari va boshqa operasion ma’lumotlarni qayta ishlaydigan NATS tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Nosozlik oqibatida 1000 tagacha aviareys bekor qilingan. Xitrou aeroportiga yo‘l olgan 13 ta reys Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa aeroportlariga yo‘naltirilgan. Shotlandiya va Irlandiyadagi ayrim aeroportlarda ham muammolar qayd etilgan.

Kiritildi: 17:30 09.09.2026. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!