Buyuk Britaniyada Eron razvedka xizmatiga vositachilik qilishda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Mahalliy huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli shaxs Eron razvedka xizmatiga yordam berishda ayblanib, Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilinmoqda.
London Terrorizmga qarshi kurash polisiyasi (CTP) chorshanba kuni Liverpul shahri fuqarosi Vohid Aberini Birmingem hududida ushbu qonunni buzganlikda gumon qilib hibsga oldi.
«Ushbu shaxsga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilingani sababli, da’volarning tafsilotlari yuzasidan batafsil izoh bera olmaymiz. Biroq jamoatchilikni ishontirib aytmoqchimanki, ushbu tergov doirasida fuqarolar, biror-bir jamoa yoki alohida shaxslar uchun bevosita xavf aniqlanmagan», — dedi London Terrorizmga qarshi kurash polisiyasi boshqarmasi rahbari, komandir Helen Flanagan.
Polisiya tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilishicha, Vohid Aberiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida hibsga olish belgilangan va uning ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi 17 iyul kuni Vestminster magistratlar sudida bo‘lib o‘tadi.