Britaniya Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatlari Angliyaning Shimoliy Yorkshir grafligidagi eng yirik harbiy qism yaqinidagi chiqindixonadan topildi.
Britaniyaning The Sun on Sunday haftalik nashri xabariga ko‘ra, mazkur hujjatlarda harbiy xizmatchilarning shaxsiy ma’lumotlari, qurol-yarog‘larni saqlash tartibi, qorovul almashinuvi, xavfsizlik qoidalarining buzilishi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish protokollariga oid ma’lumotlar bo‘lgan.
Harbiy polisiya ushbu g‘alati axborot sizib chiqishi holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi.