Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatlari axlatxonadan topildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatlari axlatxonadan topildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining maxfiy hujjatlari Britaniya armiyasining eng yirik harbiy bazasi yaqinidagi poligonda topildi.

Bu haqda The Sun on Sunday xabar bermoqda.

Hujjatlar tasodifan Angliyaning Shimoliy Yorkshir shahridagi Katterik garnizonidan taxminan 4 km uzoqlikda joylashgan shahar poligonida yo‘lovchi tomonidan topilgan.

Nashrning xabar berishicha, materiallarda harbiy xizmatchilarning shaxsiy ma’lumotlari, qurol saqlash, qo‘riqchilarni almashtirish, xavfsizlik qoidalarini buzish va favqulodda vaziyatlarga javob berish protokollari haqida ma’lumotlar mavjud. Katterikda taxminan 13 000 harbiy xizmatchi joylashgan.

Qirollik harbiy polisiyasi hodisa yuzasidan tergov boshladi. Britaniya armiyasi vakili dastlabki baholashlarga ko‘ra, topilgan hujjatlarda operativ mudofaaga oid maxfiy ma’lumotlar yo‘qligini aytdi.

Kiritildi: 09:01 06.07.2026. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!