Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya Arktikada kengaytirilgan NATO operasiyasi doirasida Rossiya samolyotlarini tutib oldi

Buyuk Britaniya Arktikada kengaytirilgan NATO operasiyasi doirasida Rossiya samolyotlarini tutib oldi

Buyuk Britaniya alyansning kengaytirilgan missiyasi doirasida Arktika mintaqasiga aviatashuvchi zarba guruhini joylashtirgandan so‘ng Rossiya harbiy samolyotlarini tutib oldi, deb xabar bermoqda Politico nashri.

Britaniya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiyaning "Bear F" turidagi suvosti kemalariga qarshi samolyotlari Norvegiya dengizidagi Britaniya aviatashuvchi guruhiga bir necha bor yaqinlashgan. London bu harakatlarni "xavfli va noprofessional" deb baholagan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya samolyotlari "HMS Prince of Wales" aviatashuvchi kemasi yaqiniga suvosti kemalarini aniqlash va kuzatish uchun mo‘ljallangan ko‘plab gidroakustik buylarni tashlagan.

Bunga javoban Britaniya aviatashuvchisi palubasidan F-35B qiruvchi samolyotlari ko‘tarilgan va 2 iyul kuni Norvegiyaning g‘arbiy qismida harakat qilayotgan Rossiya samolyotlarini tutib olib, kuzatib qo‘ygan. Ikkita Britaniya aviatashuvchisidan biri bo‘lgan "HMS Prince of Wales" hozirda F-35 samolyotlaridan foydalangan holda NATO'ning havo hujumidan mudofaa operasiyalarida qatnashayotgan birinchi Yevropa aviatashuvchisi hisoblanadi.

Kemaning joylashtirilishi alyansning yuqori kengliklarda mavjudligini kuchaytirish bilan bog‘liq. Shuningdek, Buyuk Britaniya birinchi marta alyansning maxsus kuchlar bo‘linmasiga qo‘mondonlikni o‘z zimmasiga oldi. Mudofaa vazirligi bu bo‘linmani NATO tezkor reaksiya kuchlarining "nayza uchi" deb ataydi, ular dunyoning istalgan nuqtasiga bir necha kun ichida joylashtirilishi mumkin. Bu voqealar fonida shimoliy dengizlarda NATO va Moskva o‘rtasidagi keskinlik kuchaymoqda.

Politico bilan suhbatda Britaniya mudofaa vaziri Den Jarvis aviatashuvchi Vladimir Putinga tegishli ekani aytiladigan yaxtaning Norvegiya qirg‘oqlaridagi harakatini kuzatganini tasdiqlashdan bosh tortdi: "Biz uning qayerdaligini bilamiz", – dedi u. Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday harakatlar Rossiya rahbariyatiga bosim ortayotganining "yana bir jangovar indikatori" sifatida ko‘rilishi mumkin.

Kiritildi: 15:28 06.07.2026. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!